Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o | CefrForTeachers Vizitka

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 30-31-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 33 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-6-, 8-9-, 13-, 15-18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube