Get Mystery Box with random crypto!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv | CefrForTeachers Vizitka

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP xalqaro imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

iTEP - International Test of English Proficiency ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi va nomzodlarning tinglab tushunish, o‘qish, grammatika, yozish va gapirish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52) orqali 18-mart sanasiga qadar amalga oshiriladi.

iTEP imtihonining narxi - 1 300 000 so‘m

Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) 19-mart tashkil etiladi va natijalar 24 soat ichida e'lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida (https://lex.uz/docs/-5426736) belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

(95) 515-68-68