Get Mystery Box with random crypto!

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi 2024- | CefrForTeachers Vizitka

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 21-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 23-yanvardan 1-fevralga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Unda 7 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi va 8 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube