Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihonida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga! | CefrForTeachers Vizitka

Chet tili imtihonida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ertaga 21-yanvar kuni barcha hududlarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma qismi bo‘lib o‘tadi.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 23-yanvardan 1-fevralga qadar grafik asosida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube