Get Mystery Box with random crypto!

Bilim va ko'nikmalarni baholash markazidan ajoyib yangilik! | CefrForTeachers Vizitka

Bilim va ko'nikmalarni baholash markazidan ajoyib yangilik!

Endilikda siz Bilim va ko'nikmalarni baholash markazi va ETS Global tashkiloti hamkorligida tashkillashtiriluvchi TOEFL iTP testini topshirib, bilimingizni tekshirib ko'rishingiz mumkin!

Ushbu xalqaro sertifikatlar sizga qanday imkoniyatlar beradi:

Oliy ta'limning istalgan bosqichiga imtiyoz asosida qabul qilinish;

O'qituvchilar va davlat organlari hodimlariga oylik maoshlariga qo'shimcha ustama olish;

Dunyoning yetakchi oliygohlarida ta'lim olish.

TOEFL ITP testi Buxoro shahrida quyidagi sanada tashkillashtiriladi:

21 - yanvar 10:00
21 - yanvar 14:00

Test narxi 990.000 so’m.

Savollar mavjud bo'lganda Telegram orqali murojaat qiling.

Testga bizning saytda ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tish uchun video ko'rsatmani havola orqali ko'rish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun TOEFL havolasiga tashrif buyuring.

Buxoro shahar, Assessment Centre