Get Mystery Box with random crypto!

2025-yil yanvardan til bilish sertifikatlariga ustama to'lash | CefrForTeachers Vizitka

2025-yil yanvardan til bilish sertifikatlariga ustama to'lash 50 foizdan 20 foizga tushiriladimi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 134-sonli Farmoni 9-bandida xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz, xalqaro talablarga javob bermaydigan DTM tomonidan olingan sertifikatlarga 2025-yil 1-yanvargacha 50 foiz, 2025-yil 1-yanvardan esa 20 foiz ustama to'lash belgilangan.
Ya'ni bu yerda milliy sertifikatni o'zi ikki turga bo'linyapti. Xalqaro talablarga javob beradigan va bermaydigan.
Xalqaro sertifikatlar (IELTS, TOEFL va boshqalar) va xalqaro talabga javob beradigan milliy sertifikat bilan bu yerda hech qanday muammo yo'q. Har qaysi davrda ham 50 foiz ustama olaveradi.
Muammo aynan xalqaro talabga javob bermaydigan milliy sertifikat degan jumlada. Ya'ni bizni daraja aniqlash (Multi-level) sertifikati xalqaro talabga javob beradimi yoki yo'qmi? Xalqaro talabga javob berishi aynan qanday mezonda o'lchanadi va qaysi vakolatli tashkilot tomonidan nazorat qilinadi bu bo'yicha biror bir hujjatda izoh berilmagan. Shaxsiy taxminimcha hozirda UZBMB tomonidan tashkil qilinayotgan daraja aniqlash imtihoni (Multi-level) eng ishonchli va verifikatsiya qilish (tasdiqlash) eng oson bo'lgan imtihon tizimi bo'lib turibdi. Ushbu milliy imtihon tizimi narxi, har bir viloyatda o'tkazilish imkoniyati, natijalarining ishonchliligi bilan xalqaro darajadagi imtihonlarga raqobatchi bo'lib turibdi. Shu sabab, aynan bu imtihonning ustamasi 20 foizga tushib ketishiga ishonmayman.

@uzteachers