Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizim | CefrForTeachers Vizitka

Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)

2023-yil 25-dekabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va to'lov qilishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 21-dekabr kuni soat 10:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:
(95) 515-68-68
(95) 507-70-72
t.me/mockbba
t.me/arabtilimock
t.me/nemistilimock

lmiy markazning telegram kanali:
@IlmiyMarkazUz