Get Mystery Box with random crypto!

21 yoshgacha ulgurish Real hayotga tayyorlanish uchun yoshlar | Compass Business Academy

21 yoshgacha ulgurish

Real hayotga tayyorlanish uchun yoshlar 21 yoshgacha nimalar qilishga ulgurishi kerak?

Quyidagi variantlar qabul qilinmaydi:
-"Kollej, universitetni tugatish". Bu shunchaki ko'zga ko'rinadigan bosqichlar xolos. Real hayotga tayyorgarlik bilan umuman bog'liq emas

-"Yaxshi ta'lim olish". O'ta umumiy gap. Ta'lim - nima? Yaxshi - nima? Ta'lim insonni biron nimaga tayyorlashi kerak. Ya'ni o'qiyotgan bilimlarini odam qayerda ishlatishni bilsagina u haqiqiy ta'lim olayotgan bo'ladi, qolgani esa shunchaki chalg'itish.

Men stereotiplar bilan fikrlamasdan, 21 yoshgacha quyidagi ishlarni qilishni maslahat bergan bo'lardim. Bu ishlar o'zini topishda, hayotni tushunishda, har qanday diplom va kitoblardan yaxshi yordam beradi:

1. 7ta har xil ishlar bilan tanishish. Ya'ni hunar. O'zing. Tanishlaring uchun. Shogird tushib. Pulga, tekinga - farqi yo'q. Agar o'rganishga biron nima qolsa - ko'proq, qolmasa har biri kamida 3 oy. "Nima u", "qanday qilinadi" bilish uchun.

2. Eng kamida 2ta ishda ishlab ko'rish. Har biri kamida 6 oydan. Mas'uliyat, vazifalar, boshliq, qo'l ostidagilar, jamoa, rejalar, natijalar, maqtov va dakkilar. Mana bu real hayot. Chunki ish - bu institut emas, jamoa - kursdoshlar emas, natija - baholar emas, bu yerda hammasi jiddiy.

3. Kamida 1ta biznes qilib ko'rish. Kamida 1 yil davomida. O'zingni g'oyang, do'stlar bilan, franshiza, otangni biznesini filiali - farqi yo'q. O'xshaydimi, yo'qmi - farqi yo'q.
Kelajakda biznes qilish ham shart emas. Muhimi hammasi o'zingga bog'liq ekanligini tushunish. Shuningdek, o'zing ham odamlarga bog'liqligingni tushunish.

arkadiy moreynisdan