Get Mystery Box with random crypto!

MUSTAQILLIK - BUYUK NEʼMAT. Bugun RIOvaRIATM Samarqand filial | Республиканский Онкологический Центр

MUSTAQILLIK - BUYUK NEʼMAT.

Bugun RIOvaRIATM Samarqand filialida 1-sentabr O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni bayrami munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Unda viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ko'p yillar davomida faoliyat olib borgan filial fidoiy xodimlari faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Filial ma'muriyati xamda kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami munosabati bilan farzandlari birinchi sinfga boradigan xodimlarga ularning farzandlari uchun o'quv qurollari jamlanmasi sovg'a qilindi.
Filial xodimlaridan 20 nafariga 3-sentabr kuni Samarqand shahridagi konsert zalida bo'lib o'tadigan Xurshid Rasulovning "Muhabbatga achinaman" deb nomlangan konsert dasturiga chipta sovg'a qilindi va filialda faoliyat ko'rsatuvchi kam ta'minlangan xodimlarga bayram munosabati bilan moddiy yordam ko'rsatildi.

Kanalga obuna boʻling va bizni kuzatib boring:  https://t.me/cancercenteruz