Get Mystery Box with random crypto!

Endovizual onkojarrohlik bo'limining ochilishi. Bugun, 2022-y | Республиканский Онкологический Центр

Endovizual onkojarrohlik bo'limining ochilishi.

Bugun, 2022-yil 31-avgust kuni “O‘zbekiston Mustaqilligi” bayrami arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh onkologi — Mirzagolib Nigmatovich Tillyashayxov eng zamonaviy tibbiy asbob uskunalar – premium-klass endovideosistem bilan jihozlangan "Endovizual onkojarrohlik" bo‘limini ochib berdi. Zamonaviy jarrohlik inson tanasiga minimal invaziv aralashuv yo'liga tobora ko'proq e'tibor qaratmoqda.  Butun dunyoda endoskopik jarrohlikning roli an'anaviy jarrohlik bilan solishtirganda bir necha barobar ortib bormoqda.
Ushbu operatsiyalarning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: kam travma, barcha manipulyatsiyalar kichik teshiklar va kesmalar orqali sodir bo'lganda, operatsiyadan keyin bemorlarni tez reabilitatsiya qilish, kosmetika va eng muhimi, onkologik radikallik.

Kanalga obuna boʻling va bizni kuzatib boring: 
https://t.me/cancercenteruz