Get Mystery Box with random crypto!

Coherence & Cohesion haqida eshitganmisiz? Bu IELTS imtihon | CambridgeIELTSbooks

Coherence & Cohesion haqida eshitganmisiz?

Bu IELTS imtihonini topshirganingizda esseni baholashning eng muhim to'rtta mezonidan biri hisoblanadi.

Coherence — bu yozma ishingiz qanchalik mantiqan to'g'ri va izchil tarzda yozilganidir.

Bunga qanday erishish mumkin:
- matnni paragraflarga ajrating, ular orasida bir qator joy qoldiring;
- bitta paragraf — bitta asosiy g'oya;
- mantiqiy ketma-ketlikka rioya qiling.

Cohesion — bu bog'lovchi so'zlardan qanchalik yaxshi foydalanishingizdir.

Qanday qilib bir g'oyadan ikkinchisiga oxista o'tish mumkin:
- Firstly, Secondly, Thirdly kabi bog'lovchi so'zlardan foydalaning;
- asosiy g'oyalarni sinonimlardan foydalangan holda takrorlang;
- tez-tez takrorlanadigan so'zlarni olmoshlarga almashtiring.

@cambridgeIELTSbooks