Get Mystery Box with random crypto!

Keling, IELTS va TOEFL nimasi bilan farq qilishini birgalikda | CambridgeIELTSbooks

Keling, IELTS va TOEFL nimasi bilan farq qilishini birgalikda tahlil qilib ko'ramiz!

TOEFL — bu akademik test. IELTS'da ham ikki xil modul bor: General — immigratsiya va ishga joylashish uchun, Academic — chet elda o'qish uchun.

TOEFL bo'yicha maksimal ball — 120 ball, yarim ball — 10 ball. IELTS'da maksimal ball 9, yarim ball — 0,5ni tashkil etadi.

TOEFL faqat kompyuterda topshiriladi. IELTS'ni qog'oz variantda yoki kompyuterda topshirish mumkin. Bu haqida postimizda batafsil o'qishingiz mumkin.

TOEFL Speaking'da javoblaringiz mikrofonga yoziladi va baholash markaziga yuboriladi. IELTS Speaking'da siz imtihon oluvchi bilan jonli tarzda muloqot qilasiz.

Writing vazifalaridan biri farqlanadi: TOEFL'da u integratsiyalashgan — siz matnni o'qiysiz, audio yozuvni tinglaysiz va shu ma'lumotlar asosida insho yozasiz; IELTS'da bu grafik yoki jadvalni ta'riflab berish vazifasidir.

TOEFL Listening'da siz avval audio yozuvni tinglaysiz, so'ngra javob berilishi kerak bo'lgan savollarni ko'rasiz. IELTS Listening'da siz barcha savollarni darhol ko‘rishingiz va audio yozuvni tinglayotganingizda ularga javob berishingiz mumkin.

TOEFL Reading faqat multiple-choice savollarni o'z ichiga oladi. IELTS Reading'da vazifalar turlicha.

Qaysi imtihonni topshirish kerakligini aniqlab olish uchun sizga quyidagilar kerak:
— universitetingizga yoki ishga kirish uchun sizdan qanday imtihon talab qilinishini aniqlang;
— imtihon formati to'g'risida bir qarorga keling.

@cambridgeieltsbooks