Get Mystery Box with random crypto!

𝑪𝒓𝒂𝒎𝒎𝒊𝒏𝒈- bu juda yomon usul. 'Cramming inglizcha so'z bo'lib | CambridgeIELTSbooks

𝑪𝒓𝒂𝒎𝒎𝒊𝒏𝒈- bu juda yomon usul.
"Cramming inglizcha so'z bo'lib, uning o'zbek tilidan muqobil tarjimasini topa olmadim. Bu so'zning ma'nosi imtihondan oldin qisqa muddatda shiddat bilan katta hajmdagi axborotni o'qib chiqishni bildiradi. Agar talaba bo'lsangiz bu holatni tanidingiz-a? Deyarli barcha talaba bunday holatni boshidan o'tkazadi. Talabalar semestr davomida darslar bo'lib turganida mavzularga yaxshi tayyorlanishmaydi. Odatda, buni orqaga surib, o'z vaqtida o'qishga uncha parvo qilishmaydi, bu balki dangasalik tufaylidir. Xullas, imtihonga bir yoki ikki hafta qolganda barcha imtihonlarga tayyorgarlik boshlab, to sahargacha dars qilishadi. Ko'pchilikning bu odatni takrorlashiga va uni tark etmasligiga sabab, aslida, ular ba'zi paytda imtihondan muvaffaqiyatli o'tib ketishadi va o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi, har doim shu yo'l bilan o'ta olaman deb, shu odatga yo'liqib qolishadi. Aslida, esa, ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsaryaptiki, imtihondan yaxshi o'tgan bo'lsangiz ham, bunday kramming o'rganish uzoq muddatli xotiraga va kerakli ko'nikmalarni olishga salbiy ta'sir qiladi"


Mukammal xotira 2


@cambridgeIELTSbooks