Get Mystery Box with random crypto!

#audiochat 27-aprel kuni soat 20:00da Toshkent Kimyo xalqa | CambridgeIELTSbooks

#audiochat

27-aprel kuni soat 20:00da Toshkent Kimyo xalqaro universtiteti (YEODJU) Namangan filiali rahbari Muhammad Elyor Yuldashev bilan audiochat bo'lib o'tadi.

KIUT Namangan filiali bu yilgi o'z qabulini e'lon qilgan kundan boshlab, qabul bo'limi yuzlab abituriyentlar, ota-onalar va ustozlar bilan suhbatlashdi. Lekin murojaatchilar va savollar oqimi kundan-kunga ko'paymoqda. Ba'zida talabgorlar KIUT Namangan filiali direktori bilan suhbatlashishni xohlashadi. Shu sabab ko'pchilikning imkoniyatini hisobga olgan holda rahbariyatimiz bilan abituriyentlar o'rtasida ovozli chat tashkil qilmoqchimiz.

Ovozli chatda KIUT Namangan filiali direktori Muhammad Elyor Yuldashev va Qabul bo'limi barcha savollaringizga javob berishga harakat qilishadi.

Audiochatda quyidagi mavzular yuzasidan suhbat tashkillanadi:

KIUT (YEODJU) Namangan filiali va unda ta'lim olish sharoitlari;
Universitetning imkoniyatlari va undagi grantlar;
Kelajak uchun soha-kasb tanlash;
1+3, 2+2, 3+1 va 1+1 dasturlarimiz haqida ma'lumotlar;
KIUT (YEODJU) Namangan filialining afzallik jihatlari;
Universitetdagi qabul tartibi va shartlari.

Ovozli chat 27-aprel, soat 20:00 da boshlanadi.

Barcha savollaringizga batafsil javob beramiz!

Bog'lanish uchun: + 998 (69) 210 40 40.

Audiochat linki: https://t.me/kiut_nm