Get Mystery Box with random crypto!

Multilevel uchun tayyorlanayotganda xat yozish turlarini yaxsh | CambridgeIELTSbooks

Multilevel uchun tayyorlanayotganda xat yozish turlarini yaxshilab bilib olgan maqul va ular 3 ta.

Asosan FORMAL xat yozish so'ralsada uni SEMI-FORMAL va INFORMAL xat turlaridan farqlay olish zarur.

FORMAL
Xat yozayotgan shaxsingiz notanish bo'ladi
Xat "Dear Sir/Madam" bilan boshlanadi
Xat "Yours faithfully" bilan yakunlanadi
Xatda turli xildagi qisqartirmalar ishlatilmaydi
Xat ohirida "Mr John Brown" ya'ni familiya "Mr" so'zidan keyin yoziladi. Ismni yozish esa ihtiyoriydir.

SEMI-FORMAL
Xat yozayotgan shaxsingiz tanish bo'ladi (lekin yaqin tanish emas).
Xat "Dear Mr Smith", "Dear Mrs Smith" bilan boshlanadi
Xat "Yours sincerely" / "Sincerely yours" bilan yakunlanadi (lekin "Yours truly" bilan tugatilmaydi).
Xat ohirida "John Brown" ya'ni familiya va ism yoziladi. Bunda ismni yozish ihtiyoriydir.
Xatda muloyimroq bo'lishga harakat qiling va bir nechta ibora ham ishlatish mumin.

INFORMAL
Xat yozayotgan shaxsingiz yaqin tanish bo'ladi
Xat "Dear Mom", "Dear Abdulloh", "My dear friend" bilan boshlanadi
Xat "With best wishes", "See you soon", "Take care", "All the best" bilan yakunlanadi
Xat ohirida "Abdulloh" ya'ni shunchaki ism yoziladi. Familiya yozilmaydi.
Xatda turli xildagi qisqartirmalar ishlatilishi mumkin (I'm writing) lekin "see ya" (=see you later) "OMG" (=O my god) kabilarni ishlatib bo'lmaydi.

Foydali bo’lsa, izohlarda fikr qoldiramiz.

#writing #letter #multilevel
Abdulloh
@cambridgeieltsbooks