Get Mystery Box with random crypto!

Agar siz Writing Task 2 bo'yicha eng yuqori ballni olishni ist | CambridgeIELTSbooks

Agar siz Writing Task 2 bo'yicha eng yuqori ballni olishni istasangiz (siz buni istashingiz aniq ), u holda siz:

— imtihon oldidan mashq qilishingiz;

— qanday xatolarga yo'l qo'ymaslik kerakligini bilishingiz kerak.

Xatolar haqida gaplashamiz — ball yo'qotmaslik uchun nimalar qilmaslik kerakligini bilib oling.

1. Agar topshiriq kamida 250 ta so'zni talab qilsa, esseda 200 ta so'z yozmang. Kam yozsangiz task achievement, grammar va lexical resource uchun past ball olasiz.

2. Topshiriq so'zlarini so'zma-so'z ko'chirmang.

3. Sevimli mavzungiz tushdimi? Imtihon oluvchiga ma'lumot berish uchun nimani o'ylasangiz, shuni yozib ketmang. Osongina yoritib berishingiz va misollar yozishingiz mumkin bo'lgan struktura va g'oyalarga e'tibor qarating.

4. Norasmiy uslub va ok, gonna, wanna, what's up, man kabi so‘zlarni ishlatmang.

5. Hamma joyda bir xil so'zlarni takrorlamang.

6. Siz faqat esse yozib, Task 1'ni tashlab keta olmaysiz, buning aksini qilish ham mumkin emas

7. IELTS Writing strukturasi va formatini o'rganing — ular boshqa imtihonlardagidan farq qiladi.

#writing

@cambridgeieltsbooks