Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​“CAMBRIDGE TA'LIM GRANTI 2022” uchun qabul davom etmoqda! | Cambridge LC

​​​​​“CAMBRIDGE TA'LIM GRANTI 2022” uchun qabul davom etmoqda!

Ushbu Ta'lim Granti kam ta'minlangan, nogironligi bor va boquvchisini yo'qotgan oila farzandlari yoki ingliz tilini o'rganishni juda xohlovchi, lekin imkoniyati yo'q yoshlar uchun mo'ljallangan.

"TA'LIM GRANTI 2022" doirasida Novza va Darhon filialimizda 30 nafar o'quvchi General English yoki IELTS kurslarimizda 1 yil mobaynida tahsil olishlari mumkin.

Ta'lim Granti uchun arizalar 5-18-dekabr kunlari qabul qilinadi, suhbat jarayonlari esa 19-27-dekabr kunlari bo'lib o'tadi. Yakuniy javoblar 28-dekabr kuni e'lon qilinadi.

Grantda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali motivatsion xat qoldiring. Barcha xatlar saralanib, mos ishtirokchilar suhbatga chaqiriladi!

Grant'da ishtirok etish uchun ariza qoldirish

Tel: +998787777774