Get Mystery Box with random crypto!

​​​CAMBRIDGE’DA TA'LIM GRANTI 2022! 'Cambridge' o'quv marka | Cambridge LC

​​​CAMBRIDGE’DA TA'LIM GRANTI 2022!

"Cambridge" o'quv markazidan "TA'LIM GRANTI 2022" loyihasini kutib oling. Cambridge'ning Darhon hamda Novza filiallari kengaygani munosabati bilan yilning eng so'nggi va umumiy qiymati 270 million so'mlik Ta'lim Grantini e'lon qilamiz.

Ushbu Ta'lim Granti kam ta'minlangan, nogironligi bor va boquvchisini yo'qotgan oila farzandlari yoki ingliz tilini o'rganishni juda xohlovchi, lekin imkoniyati yo'q yoshlar uchun mo'ljallangan.

"TA'LIM GRANTI 2022" doirasida Novza va Darhon filialimizda 30 nafar o'quvchi General English yoki IELTS kurslarimizda 1 yil mobaynida tahsil olishlari mumkin.

Ta'lim Granti uchun arizalar 5-18-dekabr kunlari qabul qilinadi, suhbat jarayonlari esa 19-27-dekabr kunlari bo'lib o'tadi. Yakuniy javoblar 28-dekabr kuni e'lon qilinadi.

Grantda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali motivatsion xat qoldiring. Barcha xatlar saralanib, mos ishtirokchilar suhbatga chaqiriladi!

Grant'da ishtirok etish uchun ariza qoldirish

Tel: +998787777774