Get Mystery Box with random crypto!

#zakovat Toshkent moliya instituti talabalarining vaqtini maz | Budjet hisobi va g’aznachilik

#zakovat

Toshkent moliya instituti talabalarining vaqtini mazmunli o‘tkazish va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida bir qator tadbirlar hamda musobaqalar o‘tkazilinib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri "Byudjet hisobi va g‘aznachilik" fakulteti rahbariyati va tyutorlari tashabbusi bilan 26-aprel kuni institutimizning 1-sonli talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual musobaqasi tashkil etildi. Unda barcha talabalar o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar. Yakunda fakultetimizning "Tafakkur" jamoasi g‘olib bo‘ldi. G‘oliblar fakultetimiz dekani Rasul Saidov tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.