Get Mystery Box with random crypto!

Kecha Default Mode Network haqida maqola izlayotganimda Alsgey | by honeybee

Kecha Default Mode Network haqida maqola izlayotganimda Alsgeymer kasalligi haqida chuqur kirilgan bir maqolaga duch keldim. Shundan so’ng 4-5 ta davosi topilmagan ruhiyat va aql bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni ko’rib chiqdim.

Shizofreniya - tan olinmaslikdan kelib chiqqan kasallik. Ruxiy nogiron odamlar yo’liqadigan kasallik. Mansabga, e’tirofga intiladiganlar moyilligi ko’proq.

Alsgeymer kasalligining belgilari:
xotirani asta sekinlik bilan yo’qolishi
nutq yo’qolishi
sababsiz daydish
ijtimoiy hayotdan chetlashish
mustaqil jismoniy harakatlarni bajara olmaslik
gallikunatsiya (yo’q narsani tasavvur qilish). 27 milliondan ortiq aholi Alsgeymerdan aziyat chekadi.

Parkinson’s kasalligi - nerv sistemasi bilan bog’liq kasallik. Yuz muskullari harakatdan to’xtaydi. Falaj holatida bo’ladi. Doimiy titroq bilan yashaydi. Mayda-mayda qadam bosa olishi mumkin.

Disforiya - agressiya, eyforiyaning surunkali buzilishi. Depressiyaga yaqin holat. Tog’ri normal insonda ham kayfiyat buziladi. Ammo surunkali emas.

Ommaviy psixoz - taqlid va taklifga asoslangan ruhiy epidemiya. Ommaviy psixoz jamoa yoki odamlar guruhiga taʼsir qiladi, buning natijasida odam normal qaror qilish qobiliyatini va normal qaror qilish usulini yoʻqotadi. Tepadagi shizofreniya ham ommaviy psixozning bittasi.

Ommaviy psixozni o’qirkanman biz aqli rasolar ichida yashayotganimizga shubha qildim.

Allohim bizga aqldek buyuk ne’matni beribti. Hayvondan aqldek noyob xususiyat bilan ajratib qo’yibti. Shukr qilishimizga bundan ortiq sabab kerakmi?

Ko’ring. Shu kasallik bilan chalinganlar videolarini ko’ring. Hali ham bundan jiddiylari ko’p. Ibrat olishga kifoya qiladi.

Kechasi shu fikrlar bilan uhlay olmagan @byhoneybee yozdi.