Get Mystery Box with random crypto!

#She`riyat Oʻlim asli goʻzaldir, Parda ortidan xabar, Goʻz | Samiyyah_blog

#She`riyat


Oʻlim asli goʻzaldir,
Parda ortidan xabar,
Goʻzal boʻlmasa vafot
Etarmidi Paygʻambar!

Oʻlim asli visoldir,
Qullikning toji sajda,
Sajdali oʻlim, bilsang -
Yor diydoridan mujda,

Eshikma-eshik yurib,
Soʻng eshikda oʻlish bor.
Har ostonada yigʻlab,
Oxirida kulish bor.

Oʻlim aslida bayram,
Boshqa bayramni unut!
Kelajak Azroilni
Pokiza holingda kut!

Oʻlim aslida goʻzal,
Parda ortidan xabar,
Goʻzal boʻlmasa edi
Oʻlarmidi Paygʻambar!

Mahbubiy