Get Mystery Box with random crypto!

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkaz | BUXORO IIB | Rasmiy kanal

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Buxoro violoyati Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot boʻlimiga qarashli Gospitalda davolanayotgan xodimlar, faxriylar va ularning oila aʼzolari uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda viloyat IIB rahbariyati, tibbiyot boʻlimi xodimlari, IIB nuroniylar kengashi a'zolari ishtirok etishdi.

Masʼullar gospitalda davolanayotgan bemorlar holidan xabar olishib, ularni Mustaqillikning 31 yilligi bilan muborakbod etishdi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube