Get Mystery Box with random crypto!

𝑩𝒖𝒚𝒖𝒌𝒍𝒂𝒓

Telegram kanalining logotibi buyuklar_sozlari — 𝑩𝒖𝒚𝒖𝒌𝒍𝒂𝒓 𝑩
Telegram kanalining logotibi buyuklar_sozlari — 𝑩𝒖𝒚𝒖𝒌𝒍𝒂𝒓
Kanal manzili: @buyuklar_sozlari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.22K
Kanalning ta’rifi

★𝑰𝒃𝒓𝒂𝒕𝒍𝒊 𝒈𝒂𝒑𝒍𝒂𝒓
★𝑷𝒔𝒊𝒙𝒂𝒍𝒐𝒈𝒊𝒚𝒂
★𝑴𝒐𝒕𝒊𝒗𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂
★𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒍𝒂𝒓 𝒈𝒂𝒑𝒍𝒂𝒓𝒊
★𝑭𝒐𝒚𝒅𝒂𝒍𝒊 𝒎𝒂𝒔𝒍𝒂𝒉𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
📥Admin: @Historiant
https://t.me/Qulay_Taklif

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-01 08:13:24 Do'st tanlashda adashma .
Chunki u senga yo ohiratni eslatib turadi yoki dunyoga chorlab turadi...
1.1K views˚ ༘ ⋆。Nafisa Ibrohimova˚ ༘ ⋆。˚, 05:13
Ochish/sharhlash
2022-08-31 21:38:44 ​​Siz uchun ariqdan ham kechib oʻtmaydigan insonlar uchun ummonlardan oshib kelmang.

Dostoyevskiy
1.6K views˚ ༘ ⋆。Nafisa Ibrohimova˚ ༘ ⋆。˚, 18:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:01:12 Aqilli bo'la turib, ba'zida ahmoqlik qilish ming marta yaxshi, Ahmoq bo'la turib , doimo aqillilik qilgandan !

@Buyuklar_sozlari
1.6K views#Пофиг, edited  17:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:52:36
Agar quyoshni mo'ljallasang Oyga albatta yetasan, Agar oyni mo'ljallasang, bir baland cho'qqiga yetasan. Agar shu cho'qqi ham bo'laveradi desang yerda chalpak bo'lib yotaverasan. Xojiboy Tojiboyev
1.6K views#Пофиг, edited  16:52
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:59:01
#Qiziqarli #Savol

– Yigit qizni yaxshi ko'rar ekan. Qiz esa yigitni uncha yaxshi ko'rmas ekan. Yigit qizning tug'ilgan kuniga bir narsa sovg'a qilibdi. Shundan keyin qiz ham yigitni yaxshi ko'radigan bo'libdi.

#Savol: Yigit qizga nima sovg'a qilgan?
1.5K viewsАбу Бакр, 15:59
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:29:01
ITSFERA.UZ Sifatli Professional Video Kurslari Bilan Shaxsiy Rivojlanish Vaqti Keldi.

( FRONTEND) ( BACKEND)
( 3D MAX) ( AutoCAD)
( REVIT) ( LUMION)
( Solid Works) ( PowerPoint)
( MS Word) ( MS Excel)
( Corel Draw) ( Photoshop)
( ILLustrator) ( Wordpress)
( Buxgalteriya) ( Video Montaj)
VA +20 DAN ortiq yoʻnalish kurslari

Uyingizdan Chiqmagan Holda Quyidagi Yoʻnalishlarni Aynan Qaysi Birini Professional Darajada O'rganmoqchisiz ?

O'rganishni Boshlash Uchun Hoziroq Murojaat Qiling:

Tell:
+998886877555
Admin:
@iTsferauz_adminb
Saytimiz:
Itsfera.uz
Bot:
@iTsferauzkurslar_bot
telegram kanal:
@iTsfera_uz
1.5K views𝓜. 𝓜𝓪𝔁𝓪𝓶𝓪𝓭𝓪𝓵𝓲𝔂𝓮𝓿, 15:29
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:30:43
KO‘Z TESTI

Ko‘zlaringiz qanchalik o‘tkirligini bilishni xohlaysizmi????

RASMDA QAYSI ISM YOZILGAN?

ALBATTA JAVOB BERING.
1.4K views Tarix admin , 14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:28:06 Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom, 
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom, 
Feruza gumbazli osmon ostida 
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.

Men keldimu, dunyo ko'rdimi foyda? 
Ketsam martabasi osharmi? Qayda! 
Hech kim tushuntirib bera olmadi: 
Kelishim - ketishim sababi qayda.

Dedim, endi mayi gulgun ichmayman, 
May tok qoni, men xun ichmayman, 
Keksa aqlim aytdi: Shu gaping rostmi? 
Dedim: hazillashdim, nechun ichmayman!

Sen bo'lsang-u, men bo'lsam-u, may bo'lsa, 
O'rtada bir qizil gul ham nay bo'lsa, 
Nayni chalib navo qilsang nozanin 
Jon bermoqqa yurakkinam shay bo'lsa.

O'ylama pulsizu nochor ichmayman, 
Rasvolikdin qilib yo or ichmayman, 
Men mayni dilxushlik uchun ichardim 
Bu kun-chi, qalbim-da sen bor ichmayman!

May ichsang, oqilu dono bilan ich, 
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich. 
Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich, 
Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich.

Tong chog'ida turgil, nozanin go'zal, 
Maydalab ichaylik, rubbobingni chal, 
Dunyoda bor odam uzoq turmaydi, 
Ketganlari qaytib kelmas hech mahal.

Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar, 
G'iybat - doston qilma, bo'lma hiylagar 
Kekkaya ko'rma hech may ichmayman deb, 
Sening qilmishlaring bundan beshbattar.

May ichsa gado ham sulton bo'ladi, 
Tulki ichsa, sheri g'oron bo'ladi, 
Yosh ichsa keksalik sharafin quchar, 
Keksa ichsa yoshu chaqqon bo'ladi.

Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam 
Maydan yechilmagan biror tugun kam. 
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton, 
Ming sajda qilardi odamga ul ham.

Biror kishi chiqib har zamon, mana Men, deydi, 
Molu siymu zari bor chunon, mana Men, deydi. 
Ishi rivoj topib turganda, bir kuni ajal, 
Pistirmadan chiqib nogahon, mana, men deydi.

Kelolmagach qaytib ushbu olamga, 
Qo'rqamen, yetmasmiz yoru hamdamga. 
Bu damni g'animat hisob etaylik, 
Balki yetolmasmiz hatto shu damga.

Jonimiz bu tanni tark etib ketar, 
Ikki g'isht go'rimiz ko'zin berkitar, 
Keyin boshqa go'rga g'isht qo'ymoq uchun, 
Bizning tuproqlarni ezib loy etar.

Dilim bo'lgan edi bitta yorga zor, 
U o'zga bir yerda g'amga giriftor. 
Men undan o'zumga doru izlasam, 
Netay, tabibimning o'zi ham bemor.

O'lik-tirik ishin tuzatkuvchisen, 
Tarqoq koinotni kuzatkuvchisen, 
Yomon bo'lsam hamki, sening bandangman, 
Men nima ham qilay? Yaratguvchi – Sen!

Tinglang bu abadiy sado bo'ladi, 
Gadoning dushmani gado bo'ladi, 
Ikkisi bir-birin topishguncha to, 
O'rtada bu dunyo ado bo'ladi.

Umidlar donasi xirmonda qolur, 
Bog'u rog' na sanda, na manda qolur, 
Siymu zar to'plama do'stlar-la yeb-ich, 
Bo'lmasa, hammasi dushmanda qolur.

Kulol do'koniga tashladi nazar, 
Ikki mingcha ko'za jim suhbat qurar: 
— Qaysimiz sotuvchi, - dedi bir ko'za, — 
Qaysimiz oluvchi, qani ko'zagar.

Bozorda bir kulol ko'rsatib hunar, 
Bir bo'lak xom loyni tepib pishitar, 
Loy ingrab aytadi: Hoy, sekinroq tep, 
Men ham kulol edim, sendek, birodar.


Umar Hayyom
2.2K views#Пофиг, 16:28
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:23:47
Biz kelib - ketguvchi to'garak jahon...

Umar Xayyom
1.8K views#Пофиг, 16:23
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:29:01
Booooooomba

" Sirli quti " tugmasini bosing siz uchun qanday sovgʻa bor ekan
Juda koʻpchilik pul ishlayapti
247 views𝓜. 𝓜𝓪𝔁𝓪𝓶𝓪𝓭𝓪𝓵𝓲𝔂𝓮𝓿, 15:29
Ochish/sharhlash