Get Mystery Box with random crypto!

AQSH sobiq prezidentlarining qaysilari hali hayot? Jimmi Ka | BUYUKLAR HAYOTI 🎓

AQSH sobiq prezidentlarining qaysilari hali hayot?

Jimmi Karter — 39-prezident, ayni paytda 96 yoshda. U mamlakat tarixida eng uzoq umr ko‘rayotgan rahbar. Demokrat Karter 1977–1981-yillarda prezidentlik qilgan, 2002-yilgi Nobel mukofoti laureati.

Bill Klinton —42-prezident, 74 yoshda, davlatni 1993–2001-yillarda boshqargan. Demokrat Klinton davri AQSHda ishsizlik darajasi pasaygani bilan ahamiyatli.

Jorj Bush — 43-prezident, 74 yoshda, 2001-2009-yillarda prezidentlik qilgan. U 2001-yil sentabrida terroristlarning AQSHga hujumi davrida prezidentlik qilgan rahbar sifatida tarixda qolgan.

Barak Obama — 44-prezident, 59 yoshda. Demokrat Obama 2009–2017-yillar rahbarlik qilgan. U AQSH tarixidagi birinchi afrika-amerikalik prezident.

Donald Tramp — 45-prezident, 74 yoshda, respublikachi. Davlatni 2017-2021-yil boshqardi. Uning davrida koronavirus pandemiyasi boshlandi.

@buyukkishilar