Get Mystery Box with random crypto!

Frontend dasturlash o'zi nima? Frontend dasturlash — bu say | ᴋᴇʟᴀᴊᴀᴋ ᴅᴀsᴛᴜʀᴄʜɪʟᴀʀɪ 💻

Frontend dasturlash o'zi nima?

Frontend dasturlash — bu sayt yoki dasturning foydalanuvchi uchun atalgan qismini, ya'ni foydalanuvchi interfeysini yaratishdir. Bunda sayt dizayni va foydalanish qulayligi asosiy omillar hisoblanadi.

Frontend dasturlash nima ekanligini tushunish uchun istalgan web-sahifaning kodini ochish kifoya. Sahifaning kodi — bu frontend dasturchining ish mahsulidir.

Frontend dasturlash uchun qaysi tillar ishlatiladi?

Frontend dasturlash uchun HTML, CSS va JavaScript tillari ishlatiladi. Shulardan faqat bittasi — JavaScript dasturlash tili hisoblanadi.

CSS — bu web-sahifalarning ko'rinishini tasvirlash uchun ishlatiladigan til. Aynan ushbu kod sahifadagi alohida elementlarni brauzer tomonidan tanib olinishi uchun xizmat qiladi.

JavaScript — bu ko'p paradigmali dasturlash tili bo'lib, u brauzerlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. JavaScript sahifalarni tom ma'noda jonlantiradi va ularga interaktivlik qo'shadi.

Doʻstlarizga ham ulashing
Telegram I Instagram