Get Mystery Box with random crypto!

Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa och | "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Bugun har bir fuqaroning orzu-intilishlari ro‘yobga chiqmoqda, odamlarning dunyoqarashi yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Sizlarni, Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llasin, o‘zi madadkor bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Tabrik matnini to'liq o'qish uchun quyidgi
HAVOLA ustiga bosing!

@ShJImomov - "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektorining rasmiy sahifasi