Get Mystery Box with random crypto!

Beshta yo'nalishdan istalgan birini tanlasa bo'ladimi? JAVO | "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Beshta yo'nalishdan istalgan birini tanlasa bo'ladimi?

JAVOB: Yo'q, tanlab bo'lmaydi.

Ko'pchilik beshta yo'nalishga ham balim yetgan bo'lsa, istalgan birini tanlab o'qiyman, deb o'ylayapti. Bu xato fikr.

Abiturientlar hujjat topshirayotganda ustuvorlikni belgilagan holda beshta yo'nalishni ketma-ket tanlashgan. SHuningdek, davlat granti va to'lov-kontrakti bo'yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo'lishgan.

Endi yakuniy javoblar chiqqandan keyin abiturientlar o'qishga kirgan yo'nalishlarini o'zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo'yicha qaysi yo'nalishga kirganini kompyuterning o'zi belgilab beradi. Mandat.dtm.uz saytida qaysi yo'nalishning usti yashil yoki sariq rangga bo'yalib turgan bo'lsa, o'sha yo'nalishga kirgan bo'ladi. Qizil rang bo'lsa, umuman hech qaysiga kira olmagan bo'ladi. Pastda ham kirgan yo'nalishi nomi yozilgan bo'ladi. Buni o'zgartirib bo'lmaydi.

Shuningdek, ayrimlar allaqachon "perevod" haqida o'ylashni boshladi. Men falon joyga kiribman, shuni 1 yildan keyin piston joyga ko'chira olamanmi, degan savollar ham ko'paydi. Yo'q, bo'lmaydi. Perevodni o'ylab o'tirmang. Agar hozir o'qishga kirgan joyingiz yoqmasa yoki uzoqlik qilsa, 4 yil qiynalgandan ko'ra, o'qimay qo'ya qoling. Bunaqa joyni boshidanoq tanlamaslik kerak edi. Beshta yo'nalish tanlash bu sizga berilgan huquq, lekin majburiyat emas.

"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz