Get Mystery Box with random crypto!

“Estat 4.0” axborot tizimi test rejimida ishga tushirildi! O’ | BUXORO VILOYATI STATISTIKA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI

“Estat 4.0” axborot tizimi test rejimida ishga tushirildi!

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan davlat statistika hisobotlarini topshirishda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida veb-platforma shaklida “Estat 4.0” axborot tizimi test rejimida ishga tushirildi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda:
12- narx (sanoat), 12- narx (xarid), 12- narx (transport), 12- narx (aloqa) va 12- narx (qurilish) davlat statistika hisobotlarini parallel ravishda “ESTAT 3.0” va “ESTAT 4.0” tizimlari orqali topshirilishi;
12-korxona (savdo), 12-korxona (sanoat), 12-korxona (xizmat), 12-moliya va 12-korxona davlat statistika hisobotlarini ixtiyoriy tarzda “ESTAT 3.0” yoki “ESTAT 4.0” tizimlari orqali topshirilishini ma’lum qilamiz.

“Estat 4.0” tizimi orqali hisobot topshirish havolasi

Murojaatlar uchun telefon: (71) 202-81-45

Matbuot xizmati

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Twitter | Youtube