Get Mystery Box with random crypto!

Shijoatli va tashabbuskor yoshlar faoliyati tarixga muhrlanadi | Buxoro Yoshlar Ittifoqi | UYDA QOLING!

Shijoatli va tashabbuskor yoshlar faoliyati tarixga muhrlanadi!

Ijtimoiy faol bo'lish bugungi kun talabi. O'z qobiliyati va tashabbuskorligini namoyon etib, foydali loyihalarni amalga oshirgan yoshlarni e'tirof etish maqsadida YourChance yoshlar hamjamiyati hamda Yoshlar ishlari Agentligi o'zaro hamkorlikda "Yosh tashkilotchilar: O'zbekistonning 100 tashabbuskor talabasi" loyihasini e'lon qiladi!

Loyihada o'zining faol hayotini so'zlab berishni istagan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin. To'plangan materiallar jamlanma sifatida elektron va bosma nusxada nashr etilishi rejalashtirilgan.

O'zbekistonning 100 yosh tashabbuskori safida o'zingizni ko'rishni istasangiz, quyidagi havola orqali 30-noyabrgacha ariza topshirishga ulguring!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi