Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Buxoro muhandislik texnologiya institutida davom etayotg | Buxoro yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Bugun Buxoro muhandislik texnologiya institutida davom etayotgan "Talabalar oyligi" doirasida oliygoh Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti "Zakovat" klubi tashabbusi bilan faol talabalar va professor-o’qituvchilar o’rtasida “Zakovat” intellektual turnirining “Neft-gaz texnologiyasi” fakulteti Dekani Kubogi bo’lib o’tdi.

Qizg'in kechgan bahslarda institutning 20 dan ortiq jamoalari qatnashishdi. G'OLIBLARGA FAKULTET DEKANI TOMONIDAN 500, 300, 200 MING SO'M miqdorida pul mukofotlari va faxriy yorliqlar topshirildi. Bunday intellektual turnirlar davomli bo'lishini ma'lum qilgan holda, bugungi o'yin natijalarini e'lon qilamiz:


1-o'rin - "Ibrat"
2-o'rin - "Dinamit"
3-o'rin - "Taraqqiyot"

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a'zo bo'ling:
Telegram | Facebook | Instagram