Get Mystery Box with random crypto!

#yangi_darslik 10- sinf ona tili 2022 Ilmiy uslub ilm-fanga | Buxoro viloyati 6-sinf

#yangi_darslik 10- sinf ona tili 2022

Ilmiy uslub ilm-fanga doir fikrlarni bayon etishga mo‘ljallangan. Bu uslubdagi  matnlarda:
1) sohaga doir terminlar faol qo‘llanadi;
2) ta’rif-qoidalar keltiriladi;
3) bo‘yoqdor birliklar, ibora va maqollardan foydalanilmaydi;
4) murakkab jumlalar, kirish va kiritmali qurilmalar ko‘p uchraydi.
Ilmiy maqolalar, konferensiya tezislari, dissertatsiya, monografiya kabilar ilmiy  uslubdagi matnlarga misol bo‘ladi.

Ilmiy ma’lumotlar mutaxassis bo‘lmaganlar – keng ommaga ilmiy-ommabop shaklda yetkaziladi. Bunda matn hammaga tushunarli bo‘lishi uchun:

1) terminlar, tushunarsiz birliklarga izoh beriladi;

2) ayrim o‘rinlarda ko‘chma ma’no, badiiy-ta’siriy vositalardan foydalanishga ruxsat  beriladi.

Ommabop nashrlardagi ilm-fanga doir maqolalar, bolalar ensiklopediyalari, maktab  darsliklari shu shaklda yaratiladi.