Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro viloyati 5-sinf

Telegram kanalining logotibi buxoroviloyati5sinf — Buxoro viloyati 5-sinf B
Telegram kanalining logotibi buxoroviloyati5sinf — Buxoro viloyati 5-sinf
Kanal manzili: @buxoroviloyati5sinf
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 666
Kanalning ta’rifi

Hurmatli ota-onalar!
Aziz o'quvchilar! Mazkur kanal o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘quv dasturidagi mavzularni oson o‘zlashtirish va uyda mustaqil bilim olishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-09 10:56:15
Barcha fanlardan yangi guruhlar tashkil etiladi. Kurslarda ishtirok etmoqchi bo'lgan barcha ustozlarimiz oldindan o'zingizni 91-443-00-89 raqamiga sms shaklida
Fan:
Tuman:
Maktab:
F.I.Sh:
Tel:
yozdirib shanba kuni kelishingiz so'raladi.
101 viewsHilola Mahmudjonovna, 07:56
Ochish/sharhlash
2022-08-09 08:59:06 9-avgust geografiyaga oid tarixiy voqealar:
Ommaviy
* BMT - Jahon tubjoy xalqlarining xalqaro kuni.
Milliy
* Rossiya - Rossiyaning harbiy shon-sharaf kuni (Rossiya flotining Gangut jangidagi g'alabasi sharafiga)
* Singapur - Mustaqillik kuni
* Janubiy Afrika - Milliy xotin-qizlar kuni
* AQSh- Jahon kitob kuni
Professional
* Kanada - Milliy tinchlikparvar kuchlar kuni

1173 yil - Piza minorasining qurilishi boshlandi.

1639 yil - hozirgi Nyu-York o'rnida evropaliklarning birinchi aholi punktlari.

1803-yil Robert Fulton tomonidan ixtiro qilingan paroxodning birinchi namoyishi.

1853-yil Oqmasjid qal'asi (hozirgi Qizilio'rda) bosib olindi. Rus qo'shinlarining O'rta Osiyoga bosqinchiligining boshlanishi

1910-yil Chikagolik amerikalik Alva Jon Fisher elektr kir yuvish mashinasiga patent oldi.

1919 yil - Buyuk Britaniya Fors (hozirgi Eron) ustidan protektorat e'lon qildi.

1940 yil - Berlin-Bag'dod temir yo'li qurilishi yakunlandi.

1945-yil Xirosima atom bombasidan uch kun o'tgach, amerikaliklar Yaponiyaga "Semiz odam" deb nomlangan ikkinchi atom bombasini tashlab, Nagasaki shahrining bir qismini vayron qildi. 74 ming kishi halok bo'ldi.

1960-yil Janubiy Kasai Kongodan ajralib chiqdi.

1965-yil Singapur Malayziyadan chiqarib yuborildi va istalmagan holda mustaqillikka erishgan yagona davlat bo'ldi.

1974-yil Uotergeyt mojarosi natijasida Richard Nikson AQSh prezidentligidan iste'foga chiqdi. U shunday qilishga majbur bo‘lgan birinchi prezident bo‘ldi.

2020-yil Belarusda oltinchi navbatdagi prezidentlik saylovi bo'lib o'tdi. MSK taqdim etgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Aleksandr Lukashenko gʻolib boʻldi. Kechqurun va tunda ko'plab norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi, unda Minsk va respublikaning boshqa viloyatlarida o'n minglab odamlar ishtirok etdi.

www.wikipedia.org
Telegram manzil:

@geography_method
127 viewsХУРШИДА ЗАРИПОВА, 05:59
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:49:18
Ta'lim va MEN kanaliga a'zo bo'ling!
Bizning kanalda

• Ta'limga oid yangiliklar

• Kun yangiliklari

• Qiziqarli savollar

• Kun tarixi

• Huquqiy savodxonlik

• OB-havo va namoz vaqtlari

• Motivasion roliklar

• Qiziqarli video va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Kanalimizga a'zo bo'lib do'stlaringizga ulashing!
@Talim_va_MEN
119 views— ꜰɪʀᴅᴀᴠsོ | , 05:49
Ochish/sharhlash
2022-08-07 22:24:20 Farzandim Fotih bo‘lsin deganlarga.

Fotih Sulton Mehmet Xon bolaligida juda yaramas, to‘polonchi bir o‘quvchi edi. Dars vaqtida qilgan to‘polonlari bilan ustozi Oqshamsiddinni jahlini chiqarar edi. Ustozi unga tanbeh bersa, darhol: «Men podshohning o‘g‘liman, hech narsa qilolmaysan», deyishdan ham toymasdi.

Oqshamsiddin podshohga shikoyat etishlikni adabsizlik hisoblab, holatni II-Murotga aytishlikdan tortinar edi. Ammo, vaqt o‘tgani sayin kichik Mehmetning qiliqlari haddan oshib, chidab bo‘lmas holga keladi.
Shundan keyin noiloj podshoh II-Murotning huzuriga chiqadi.

«Podshohim, Sizga aytishim zarur bo‘lgan bir xususiy masala bor. Ammo, aytishdan hayo qilmoqdaman.»

Podshoh:
«Marhamat! Hech tortinmasdan aytaver», deydi.
Bu so‘z Oqshamsiddinni xotirjam etdi. Va hodisani anglata boshladi.
«Podshohim! O‘g‘lingiz - jigarporangiz juda to‘polonchi. Uning dastidan darsimni o‘tolmayapman. Qachon tanbeh bersam, darhol Sizni nomingiz bilan menga tahdid qiladi».

Podshoh bir oz sukut saqlaydi.
Keyin Oqshamsiddinga yaqin kelib, bir narsalarni pichirlab tushuntiradi. Podshohning so‘zlaridan Oqshamsiddin sarosimaga tushadi.
«Bu qanday reja? Buni amalga oshirish mumkin emas!
Oqshamsiddin bu reja xususidagi xavotirlarini oshkor qilishiga qaramay, podshoh, «Bu ish bo‘ladi», deydi».

Ertasi kuni Mehmet darsda yana to‘polonini boshlaydi. Ustozining tanbehiga odatdagidek, otasi bilan tahdid javobini beradi. Ayni shu payt to‘satdan eshik ochilib, podshoh ichkariga kiradi. Bu holatdan g‘azablangan Oqshamsiddin podshohga qarab baqiradi. Bir tarsaki urib deydi: Hech kim dars vaqtida ichkariga bunday tarzda kirishi mumkin emas! Izn so‘rab kirishi lozimligini aytib, tashqariga haydaydi.

Podshoh mahjub shaklda bo‘ynini egib, uzr so‘raydi va tashqariga chiqadi.
Bu hodisa qarshisida Fotih Sulton tili kalimaga kelmay, nima qilishini bilmay qoladi. Ishongani - podshoh otasi ko‘z o‘ngida tarsaki yegan edi. Fotih Sulton Mehmetning ichki dunyosi ag‘dar-to‘ntar bo‘lgandi.

Bir ozdan so‘ng eshik taqillaydi, va podshoh hijolatli holatda ichkariga uzr so‘rab kiradi.

Reja ajoyib shaklda amalga oshgan edi.
O‘sha kundan so‘ng, Fotih Sulton Mehmet aslo yaramaslik qilmadi.
Chunki, ishongan tog‘lariga qor yog‘gan edi...
---------------------------------------------------
Ta’lim ne ekanini II-Murot darajasida bo‘lmasa ham, kamida o‘z farzandini yanglish yo‘llarga yo‘naltirmaslik qadar idrok etadigan ota-onalarga ehtiyojimiz bor.

Unutmaylik, bolalar erka, tantiq bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni diplomli, mansabli, toparmon, ammo tarbiyasiz ota-onalar taltaytiradilar.
@Qorakol_Edu_Max
156 viewsHamroyev Umid Mustafoyevich, 19:24
Ochish/sharhlash
2022-08-05 21:05:21
Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактабга Президент соврини – 500 млн. сўм пул мукофоти топширилди

Хабарингиз бор, жорий йилнинг 3-5 август кунлари Тошкент шаҳрида Президент соврини учун ўтказилган “Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб” танловининг Республика босқичи ўтказилди.

Бугун пойтахтимиздаги “Симпозиумлар саройи”да мазкур танловнинг Республика босқичи ғолибларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

Тақдирлаш маросимида танловнинг финал босқичида ғолиб бўлган мактабларга белгиланган пул мукофотлари топширилди.

Унга кўра:
1-ўринни эгаллаган Тошкент шаҳри, Юнусобод туманидаги 97- мактаб жамоаси – 500 миллион сўм;

2-ўринни эгаллаган Бухоро вилояти, Бухоро шаҳридаги 40-мактаб жамоаси – 400 миллион сўм;

3-ўринни эгаллаган Тошкент вилояти, Олмалиқ шаҳридаги 5-мактаб жамоаси – 300 миллион сўм миқдоридаги пул мукофотига эга бўлди

Батафсил: https://uzedu.uz/y3/news/655


@uzedu
177 viewsHamroyev Umid Mustafoyevich, 18:05
Ochish/sharhlash
2022-08-05 20:21:08
162 viewsHamroyev Umid Mustafoyevich, 17:21
Ochish/sharhlash
2022-08-05 20:17:35
Ўзбекистон халқ шоири Иқбол Мирзонинг оналар ҳақидаги дил изҳорлари!

"Гоҳо сизнинг борлигингиз унутдим,
Йўлларимда зорлигингиз унутдим.
Умидлари кесилган бу дунёда
Ёлғиз умидворлигингиз унутдим.
Ғаниматим, омонатим – онажон..."


"Мен учун Онам"
6 август, соат 20:00.


@mm_telekanal
158 viewsHamroyev Umid Mustafoyevich, 17:17
Ochish/sharhlash
2022-08-05 07:59:16 Davomi:
29. Kongo - Tog'lar qirolligi
30. Kongo Demokratik Respublikasi- Tog'larning demokratik respublikasi
31. Angola - Ngola yerlari
32. Eritrey - Qizil dengz yeri
33. Jibuti - plato (yassitog')
34. Efiopiya - Yonayotgan yuzlar yeri
35. Somali - Soma yerlari
36. Keniya - Oqlik tog'lari
37. Uganda - Ganda odamlari yeri
38. Ruanda - Ruandaliklar yeri
39. Burundi - Rundi tilida gaplashuvchilar yeri
40. Tanzaniya - Tanganika va Zanzibar yerlari
41. Zambiya - Buyuk daryo yeri
42. Zimbabve - Tosh korpus
43. Malavi - Alangalar yeri
44. Mozambik - Musa ben (ibn) Bik yerlari
45. Madagaskar - Muqaddas yer
46. Komor orollari - Oy orollari
47. Seyshel orollari - Seyshel orollari Respublikasi
48. Mavrikiy - Van Nassau gubernatori yeri
49. Botsvana - Uar uzoqqa ketganlar
50. Namibiya - Keng joy
51. Svazilend - Svazilend qirolligi (Svazi yerlari)
52. Lesoto - Soto yerlari
53. Janubiy Afrika Respublikasi - Go'zal janubiy yer

www.visualcapitalist.com
Telegram manzil:

@geography_method
183 viewsХУРШИДА ЗАРИПОВА, 04:59
Ochish/sharhlash
2022-08-05 06:55:11
Mayl qo‘shimchasi qaysi gapda buyruq ma’nosini kinoya bilan ifodalagan?
Anonymous Quiz
14%
A. Meni kutgil va  men  qaytarman, Faqat kutgil juda  intizor. (K.Simonov)
68%
B. Malol kelmasa agar, eshikni narigi tomonidan yopsalar. (Said Ahmad)
11%
C. Qatra yosh  tommasin  aslo  biror zum Munis  onalarning yanoqlariga.(A. Oripov)
7%
D. Keksa  chol sen  tomon  boqqay  intizor, Oftobim,  unga  ham  rahm  etgil zinhor.  (A. Oripov)
615 voters131 viewsHamroyev Umid Mustafoyevich, 03:55
Ochish/sharhlash
2022-08-05 06:55:11
Qo‘shtirnoq noto‘g‘ri qo‘llangan javobni toping.
Anonymous Quiz
16%
A. „Baxt kulgi bor uyga kirar“, – deb yozadi Erkin Vohidov.
50%
B.  „Baxt“ o‘zi nimadir, anglay olmadim.
27%
C.  Yangasining „shirin“ tili sababli Kozimjon baxtini izlab shaharga ketdi.
7%
D.  Deyl Karnegining „Baxtli bo‘lish sirlari“ kitobini o‘qiganmisiz?
677 voters126 viewsHamroyev Umid Mustafoyevich, 03:55
Ochish/sharhlash