Get Mystery Box with random crypto!

27-avgust geografiyaga oid tarixiy voqealar: Moldova - Musta | Buxoro viloyati 5-sinf

27-avgust geografiyaga oid tarixiy voqealar:
Moldova - Mustaqillik kuni.
Eron - Farmatsevtlar kuni.
Rossiya - Rus kinosi kuni.

1783-yil Oxotskdan Shimoliy Amerika qirg'oqlariga savdogar-tadbirkor va tadqiqotchi Grigoriy Shelexovning ekspeditsiyasi jo'nab ketdi.

1828-yil Braziliya va Argentina Montevideo shartnomasida Urugvay suverenitetini tan olishdi.

1859-yil Polkovnik Edvin Dreyk AQShdagi birinchi neft qudug'ini Titatsvill (Pensilvaniya) shahri yaqinida burg'uladi. Bu sana Amerika neft sanoati rivojlanishining boshlanishi hisoblanadi.

1896-yil Buyuk Britaniya va Zanzibar o'rtasidagi jahon tarixidagi eng qisqa urush (09:02 dan 09:40 gacha).

1955-yil Buyuk Britaniyada Ginnes rekordlar kitobining birinchi nashri chop etildi.

1962-yil Mariner 2 uchuvchisiz kosmik missiyasi NASA tomonidan Veneraga uchirildi.

1991-yil Yevropa hamjamiyati Boltiqbo'yi davlatlarining Estoniya, Latviya va Litva mustaqilligini tan oldi.

1991-yil Moldova SSSRdan mustaqilligini e'lon qildi.

2003-yil Mars sayyorasi deyarli 60 000 yil ichida Yerga eng yaqinlashdi (55 758 005 km) .

2003-yil Janubiy va Shimoliy Koreya, AQSh, Xitoy, Yaponiya va Rossiya ishtirokidagi birinchi olti tomonlama muzokaralar Shimoliy Koreyaning yadroviy qurol dasturining xavfsizlik muammolarini tinch yo'l bilan hal qilish uchun yig'ilishdi.

www.wikipedia.org
Telegram manzil:

@geography_method