Get Mystery Box with random crypto!

Yangi O'zbekiston Yangi O'zbekistonda, El aziz, inson aziz. Yo | Buxoro viloyati 3-sinf

Yangi O'zbekiston
Yangi O'zbekistonda,
El aziz, inson aziz.
Yonib turgan yuraklar,
Iymonli vijdon aziz.

Bu yurt shunday jannatki,
Odamlari beg'ubor.
Bolajonlar e'zozda,
Yashaydilar baxtiyor.

Qadr topgan keksalar,
E'tiborda yoshlari.
Aziz yurtboshimizning,
Omon bo'lsin boshlari.

Yigitlari mard, jasur,
Yovga ko'ksi qalqondir.
Himoyaga doim shay,
Bari bir tanu-jondir.

Tuprog'i go'yo oltin,
Cho'pdan giyoh ungaydir.
Har bir xonadoniga,
Farishtalar qo'ngaydir.

Ikki tomoni gulzor,
Fayzlidir ko'chalari.
Orombaxsh, osoyishta,
O'tadi kechalari.

Mustaqilmiz, ozodmiz,
Erkimiz qo'limizda.
Sport, ilm-ma'rifat,
Hamrohdir yo'limizda.

Vatanimiz bayrog'i,
Jahon o'zra hilpirar.
Bunday yurtga yarashar,
To'y-tomosha, kulgular.

Yangi O'zbekistonda,
El aziz, inson aziz.
Yonib turgan yuraklar,
Uyg'oq har bir jon aziz.