Get Mystery Box with random crypto!

'Buxoro' mashg'ulotlarni bugundan boshlaydi. 'G'ijduvon' ja | PFC_BUKHORO

"Buxoro" mashg'ulotlarni bugundan boshlaydi.

"G'ijduvon" jamoasi bilan o'yindan so'ng jamoamiz a'zolariga ikki kunlik dam berilgan edi. Bugundan boshlab futbolchilarimiz mashg'ulotlarni boshlashadi va ''Xorazm" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik olib borishadi. Jamoamizni oldinda ikki jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Bular 4 sentyabr safar uchrashuvi "Xorazm" va 10 sentyabr kuni uy uchrashuvi "Andijon" jamoasi bilan o'yinlardir. Aytib o'tish joizki, bo'lajak o'yinlarning ahamiyati juda yuqori. Futbolchilarimizga ushbu bahslarda omad tilab qolamiz!

PFK BUXORO MATBUOT XIZMATI