Get Mystery Box with random crypto!

Bir mo‘min boshqa birodarining haqqiga yoki tanimagan kishisi | Buxoro Namoz Vaqtlari | Бухоро намоз вақтлари

Bir mo‘min boshqa birodarining haqqiga yoki tanimagan kishisi uchun uning yo‘qligida yaxshilik so‘rab duo qilishi dinimizda yaxshi amallardan sanaladi. Bu sodiq do‘stning riyo, shubha va nifoqdan xoli holda duo qilishidir. Bu mo‘minning o‘ziga yaxshi ko‘rganini birodariga ham ravo ko‘rishidir. Farishtalar uning duosiga «Omin», deganlarida, shuning misli o‘ziga ham bo‘lishini so‘raydilar. Inson birodari uchun duo qilar ekan, Rahmon Zotning farishtalari ushbu duodagi so‘ralgan narsani o‘ziga ham so‘rab duo qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida shunday marhamat qiladilar:

«Musulmonning o‘z birodariga g‘oyibdan qilgan duosi mustajobdir. Uning boshida bir muvakkal farishta turadi. U o‘z birodariga har safar yaxshilik tilab duo qilganida muvakkal farishta: «Omin! Senga ham o‘shandoq bo‘lsin!» deydi».

Bizning kanal
@BuxoroNamozVaqtlaRRi