Get Mystery Box with random crypto!

Imtihonda domla talabaga savol beryapti: — Besh karra besh? Ta | Buxorolik Talabalar

Imtihonda domla talabaga savol beryapti:
— Besh karra besh?
Talaba qoʻlidagi shpargalkaga qarab:
— Yigirma besh!
Domla ham qoʻli ostidagi shpargalkaga qarab:
— Toʻgʻri! Olti karra olti?
Talaba yana shpargalkaga qarab:
— Oʻttiz olti!
Domla ham shpargalkaga qarab:
— Toʻgʻri! Yetti karra yetti?
Talaba endi shpargalkaga qaramoqchi boʻlgandi domla uning qoʻlini ushlab qoldi. Talaba oʻylanib:
— Qirq yetti, - dedi.
Domla endi shpargalkasiga qaramoqchi edi talaba xam uning qoʻlidan ushlab qolsa, domla koʻp oʻylamay:
— Toʻgʻri, - dermish.

@Buxorolik_Talabalar