Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar uchun aviachiptalarga chegirma e’lon qilindi | Buxorolik Talabalar

Talabalar uchun aviachiptalarga chegirma e’lon qilindi

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar uchun 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun 50% chegirma e’lon qildi.

Buning uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki hududingizdagi aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kifoya. Endi siz kerakli manzilga chegirmali aviachipta xarid qilishingiz mumkin.

@Buxorolik_Talabalar