Get Mystery Box with random crypto!

AQSHning Nyu-York shahridagi EPAM Systems kompaniyasida ta’lim | Buxoro shahar MMTB

AQSHning Nyu-York shahridagi EPAM Systems kompaniyasida ta’lim yo‘nalishida xalqaro hamkorlikning o‘rni, uning buguni va kelajagi haqida samarali muloqot bo‘lib o‘tdi.

AKTni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davomida dunyoga tanilgan IT kompaniyalarining rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Delegatsiya a’zosi bo‘lgan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda Otabek Mahkamov “EPAM Systems” korporatsiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida IT va ta’lim sohasida joriy etilayotgan zamonaviy va innovatsion loyihalar hamda ITni rivojlantirishda ta’limning muhimligi haqida suhbatlashdi.

Intervyu davomida vazir o‘rinbosari mamlakatimizda IT mutaxassislar xalqaro bozor talablariga mos kelishlari uchun nima ish qilishlari kerakligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

Qayd etib o‘tish joizki, EPAM Systems kompaniyasida dunyo bo‘ylab 60 000 dan ortiq, O‘zbekistonda esa 600 dan ortiq mutaxassislar faoliyat yuritib kelishmoqda.

EPAM kompaniyasi sayti orqali 200ga yaqin yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodingizni topshirishingiz mumkin.

Rustam Karimjonovning rasmiy Telegram kanaliga a’zo bo‘lish: https://t.me/rkarimjonov