Get Mystery Box with random crypto!

BUXORO MAKTABI

Telegram kanalining logotibi buxoro_maktabi — BUXORO MAKTABI B
Telegram kanalining logotibi buxoro_maktabi — BUXORO MAKTABI
Kanal manzili: @buxoro_maktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5.10K
Kanalning ta’rifi

Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi «BUXORO MAKTABI» xususiy maktabi va o'quv markazining rasmiy telegram sahifasi.
📩 Bog’lanish uchun:
📞 998-94-851-66-66
📞 998-94-852-66-66
📞 998-90-715-60-06

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-04-25 14:07:07 Абитуриентлар диққатига!

Тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди

Давлат қабул комиссиясининг 13-сон баёни билан 2022-2023-ўқув йили учун республика ОТМларининг бакалавриат таълим йўналишларига мос тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, тест топшириқлари сони ҳамда баҳолаш мезонлари тасдиқланди.
12.1K viewsJo'rabek O'zbekov, edited  11:07
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:49:40 Тестда ўтган йилгидан қандай ўзгаришлар бор?

Абитуриентлар эътибор бериши керак бўлган айрим жиҳатлар маълум бўлди.

Мутахассислик блокида саволлар сони оширилди. Ўтган йили "спецблок"да 20 тадан жами 40 та савол берилганди. Жорий йилда 30 тадан жами 60 та савол берилади;

Мутахассислик блокида биринчи ва иккинчи фанга бериладиган балл миқдори фарқ қиладиган бўлди. Ўтган йили иккала фанга ҳам бир хил 3,15 баллдан берилганди. Жорий йилда биринчи ўриндаги муҳим фанга 3,1 балл, иккинчи фанга 2,1 балл бериладиган бўлди. Демак, бир-бирига мос 5 та йўналиш танлашда ҳам бу йил ўзгаришлар бўлади. Ўтган йили иккаласига бир хил балл берилгани учун биринчи ва иккинчи фанга ажратилмаганди. Энди бу йил шунчаки 2 та фан тўғри келиши кифоя эмас, уларнинг муҳимлик ўрни ҳам аҳамият касб этади;

Йўналишидан қатъи назар барча учун тушадиган мажбурий блокдаги 3 та фанга бериладиган балл миқдори камайтирилди. Ўтган йили 2,1 баллдан берилганди, жорий йилда 1,1 баллдан бериладиган бўлди. Бу дегани мажбурий блокдан кўп балл тўплаб бўлмайди. Ўтган йили мажбурий блок 63 балл берарди, бу йил 33 балл тўплаш мумкин. Демак, жорий йилда асосий балларни мутахассислик фанларидан тўплаш мумкин, 2 та фанга жами 156 балл (82,5%) берилмоқда.

Тестга оид бошқа ўзгаришларни ҳам имкон қадар шарҳлаб боришга ҳаракат қиламан.
9.5K viewsJo'rabek O'zbekov, edited  10:49
Ochish/sharhlash
2022-04-20 12:42:22


Xususiy maktabimizda yangiliklar qilishda davom etamiz!

Bilamizki, o'quvchini yaxshi ta'lim olishi bir nechta sifatlarga bog'liqdir.

Shuni inobatga olgan holda maktabimizda yanada ta'lim sifatini oshirish, o'quvchilarimiz uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktabimizda 15 ta xonaga havo sovutgich(konditsioner)lar o'rnatildi.

Har kuni yangiliklar bilan ta'lim sifatini oshirishni maqsad qilganmiz va shukr erishib kelyapmiz.

Hurmat ila «BUXORO MAKTABI» ma'muriyati.

Ulashing @buxoro_maktabii
8.1K viewsAzizbek Ibragimov, 09:42
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:31:17 Mana may oyi ham boshlanib ulgurdi, yaqinda yangi yil uchun kun sanayotgan edik…

Vaqt — biz o’ylaganimizdan ko’ra tezroq o’tayotgandek, ammo hammaga ham emas.

Band odam uchun vaqt tez o’tadi. Umrini kislorod yutib, karbonat angidrid ishlab chiqarishga sarflayotganlar uchun esa vaqt to’xtab qolgandek tuyuladi.

Doimo ikki dunyoyingiz uchun hayrli bo’lgan ishlar bilan andarmon bo’ling, shunda vaqtning qadri naqdlardan balandligini his qilib yashaysiz.

Siz-u bizga yangi kun muborak! Bugundan kutganlaringizga kutilganidan ortiq darajada erishing.

@buxoro_maktabi
3.2K viewsSultonov Ulug'bek, 00:52
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:26:19 Assalomu aleykum aziz mushtariylar buni albatta o'qing.
428 viewsAzizbek Ibragimov, 04:26
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:25:28 Biz ham Bobur kabi hamma ayb-u nuqsonlarimizni ro‘y-rost qilib kundalikka yozib, kelajak avlodga qoldirsak, bizdan-da jirkanchroq inson bo‘lmasdi...
424 viewsAzizbek Ibragimov, 04:25
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:25:06 Quyida Bobur haqidagi fikrlarni keltirib o‘tamiz:

“Tarixi Rashidiy”dan: “U turli goʻzal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi”.

Hasanxoʻja Nisoriy: “Chigʻatoy sultonlarining eng sarasi va zoʻr shijoatlisi edi”.

Javoharlaʼl Neru: “Bobur dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq boʻlib, koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan”.

Monstyuart Elfinston: “Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U oʻz zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir”.

Rumer Goden: “Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan boʻlsa-da, u oʻz saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga koʻtarildi. Oʻz mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu oʻlkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi”.

Pirimqul Qodirov: “Bobur Mirzo soʻz bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni oʻzi ham sezar
398 viewsAzizbek Ibragimov, 04:25
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:24:33 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun.
(Qisqaroq qilishga harakat qilaman)

O‘quvchilar orasida ‘‘Bobur undoq ekan, bundoq ekan’’ degan gaplarni eshityapman. Kim nima desa, desin. U zotning ishtihodida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgandir. Siz solishtirib ko‘ring: 20 yashar o‘spirin Bobur va 50 yashar tajribali Shayboniyxonning kuchini. Buning ustiga Bobur har qadamda xiyonatga duch kelgan, g‘o‘rlik qilib qilgan xatosi uchun Movaraunnahr aholisi ham uni qo‘llab-quvvatlamadi.

Amir Temurdan keyingi temuriyzodalar ichida eng iste’dodli sarkarda bu - Bobur! Buning isboti - u tuzgan Temuriy-boburiylar imperiyasi.

O‘zbek she’riyatida ham hazrat Navoiydan so‘ng hamma Bobur Mirzo turishini barcha birdek tan olgan.
Bobur - buyuk qalb egasi. Bu bilan Boburni ideal inson demoqchimasman.

Bobur haqida nimadir deyishdan oldin esa u to‘g‘risida hech yo‘q ‘‘Boburnoma’’ni o‘qing, ‘‘Tarixi Rashidiy’’ni o‘qing.
413 viewsAzizbek Ibragimov, 04:24
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:24:29
414 viewsAzizbek Ibragimov, 04:24
Ochish/sharhlash
2021-02-13 16:30:54 BUNI ALBATTA O'QING
729 viewsAzizbek Ibragimov, 13:30
Ochish/sharhlash