Get Mystery Box with random crypto!

PFK 'Buxoro' fan-klubi raisi etib Alisher Asadov tayinlandi. | Buxoro Fc

PFK "Buxoro" fan-klubi raisi etib Alisher Asadov tayinlandi.

"Buxoro" jamoasining fidoiy muxlislaridan sanalgan va barcha ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan Alisher Asadov jamoamiz fan-klubi raisi etib tayinlandi. Jamoamiz va muxlislar o'rtasida do'stona aloqalarni yo'lga qo'yishda, muxlislarni stadionga jalb etish va muxlislik madaniyatini oshirish boʼyicha qilinadigan katta hajmdagi ishlarda Asadovga omad tilab qolamiz.


PFK "BUXORO" MATBUOT XIZMATI