Get Mystery Box with random crypto!

Biogumus tuproqni mukammal darajada sog‘lomlashtiradi. U boshq | Agro olam(Buxoro)

Biogumus tuproqni mukammal darajada sog‘lomlashtiradi. U boshqa har qanday organik moddalar bilan yaxshi birlashadi va hosilning taʼm sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Biogumus tabiiy tuproqqa yaqin bo‘lgan o‘g‘it turi bo‘lib, chirishga moyil chiqindilar: go‘ng, xazonrezgi, qushlarning axlati, qipiq, somon, o‘simlik uyumlarini Kaliforniya qizil chuvalchangi organizmidan o‘tkazish orqali olinadi. Uning tarkibidagi mikroorganizmlar tuproqning aerobik, anorobik, mikroelementlar bilan boyitilishiga sharoit yaratib beradi. Shuningdek, tuproqning mexanik zichligini ham meʼyoriga keltiradi.