Get Mystery Box with random crypto!

#MXIK tasnif.soliq.uz saytida qadoqni yaratish tartibi mavj | Trusted Financiers Group

#MXIK

tasnif.soliq.uz saytida qadoqni yaratish tartibi mavjud. Nega biz 25 kgli qopda import qilgan qurilish aralashmalarini qoplarda emas, balki kilogrammda sotishimiz kerak

Qadoqlarni yaratish tartibida EHF rasmiylashtirish bo'yicha tegishli tovarni realizatsiya qilishdagi o‘lchov birligi va qadoqlarni ko‘rsatish uchun avvaldan tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizda “Tanlangan o‘lchov birliklari/qadoqlar”ga kiritib qo‘yishingiz lozim.

Buning uchun tasnif.soliq.uz saytida:
siz foydalanayotgan MXIK kodini toping. Misol uchun: "02520001006000000 Shtukaturka" va mahsulot to‘g‘risida batafsil maʼlumotga kiring;
"Qadoqni shakllantirish" bo‘limida o‘zingizga kerak bo‘lgan isteʼmol qadog‘ini yarating yoki mavjud qadoqlar (boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan) ichidan tanlang. Misol uchun: 25 kgli qop.

Shundan so‘ng, ushbu qadoq (o‘lchov birligi) Katalogning "Tanlangan o‘lchov birliklari/qadoqlar" bo‘limiga avtomatik ravishda kiritiladi va EHFni rasmiylashtirishda "O‘lchov birligi" ustunida aks etadi.

Tovarlarni qadoqlash tartibi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter