Get Mystery Box with random crypto!

Buxgalteriya | Soliq | News

Telegram kanalining logotibi buxgalteriya_soliq_iqtisodiy_hd — Buxgalteriya | Soliq | News B
Telegram kanalining logotibi buxgalteriya_soliq_iqtisodiy_hd — Buxgalteriya | Soliq | News
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 121

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-14 07:54:30
#bilasizmi
#

QR-kod — tasdiqlangan EHFga biriktiriladigan va hujjat qog‘oz shaklida chop etilganda ko‘rsatiladigan, mobil ilovalar va dasturiy mahsulotlar orqali o‘qish (skanerlash) vaqtida EHF haqida barcha ma’lumotlarga havola bo‘ladigan maxsus grafik kod.
Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
29 views04:54
Ochish/sharhlash
2023-03-14 07:54:30
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasida yangi funksiyalar

“Raqamni almashtirish”

Ushbu menyu orqali ilovadagi maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish mumkin.
Buning uchun “Sozlamalar” dan "Raqamni almashtirish" tanlanadi. Soʻngra yangi raqam kiritilib, FACE ID orqali oʻzgarish tasdiqlanadi.

“Yangiliklar va xabarnomalar”
Endilikda sohaga oid yangiliklar bilan ilovaning ayni nomdagi menyusi orqali tanishish mumkin. "Xabarnoma"da esa ilovaga oid qisqa xabarlar eʼlon qilib boriladi.

“Monitoring”
Endi foydalanuvchi ilovada bajarilgan barcha amaliyotlar tarixini koʻrishi mumkin.
“Monitoring” tugmasi bosilganda so‘nggi 1 oydagi amaliyotlar avtomatik shakllanadi.
Shuningdek, “Saralash” (filtr) tugmasi orqali istalgan vaqt oraligʻini belgilash mumkin.

“Qurilmalar”
Ushbu menyu orqali telefon raqamingiz biriktirilgan ilovalar qaysi qurilmalarga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.
“Sozlamalar”dan "Qurilmalar” tanlanganda ilova o‘rnatilgan qurilmalar roʻyxati paydo bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
30 views04:54
Ochish/sharhlash
2023-03-14 07:54:30
#mobil_ilova

Soliqlarni "Soliq" mobil ilovasida tez va oson to‘lang

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
29 views04:54
Ochish/sharhlash
2023-03-14 07:54:30
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.

Soliq kodeksi 418-modda

2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
30 views04:54
Ochish/sharhlash
2023-03-14 07:54:30
#bilasizmi

Onlayn nazorat-kassa mashinalari (onlayn-NKM) — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi va qog‘ozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.

Virtual kassa
— fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi va hosil qilingan fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi, cheklarni qog‘ozga chop etish yoki ularni elektron shaklda yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan dasturiy mahsulot va ularning komplekslari.

VMQ-943 23.11.2019-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
31 views04:54
Ochish/sharhlash
2023-03-11 09:41:48
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
kontrakt;
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
ipoteka kreditlari.

Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
38 views06:41
Ochish/sharhlash
2023-02-25 20:31:19
QQS narxini topish uchun
Sotiladigan narxini 12ga ko‘paytirib 112 bo‘lsak topiladi
39 views17:31
Ochish/sharhlash
2023-02-25 20:25:46
Qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash mexanizmini ushbu videoda yaqqol misollarda tushuntirdik.

1-qismda QQSsiz va QQS bilan olingan tovarda QQSni hisoblashni ko'rib chiqdik.

https://t.me/Buxgalteriya_Soliq_Iqtisodiy_hd
39 viewsedited  17:25
Ochish/sharhlash
2023-01-25 16:34:42 Watch "Qat’iy belgilangan soliqqa o'tish kerakmi? | Murod Muxamedjanov" on YouTube


42 views13:34
Ochish/sharhlash
2023-01-25 09:21:49 Вазирлик ва идораларда ходимларнинг умумий чекланган сони 56 минг 573 нафар этиб белгиланмоқда.

Вазирлик ва идораларнинг нобюджет маблағларидан қўшимча бошқарув штатларни киритиши қатъий тақиқланмоқда
47 views06:21
Ochish/sharhlash