Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi #EHF EHF (elektron hisobvaraq-faktura) — tovarlar | Buxgalteriya | Soliq | News

#bilasizmi
#EHF

EHF (elektron hisobvaraq-faktura) — tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilish va sotib olishni tasdiqlaydigan, EHF aylanish tizimi operatorlari orqali taqdim etiladigan va qabul qilinadigan, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shakllarda rasmiylashtirilgan elektron hujjat;

elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi operatori — qonun hujjatlarida belgilangan talablarni bajargan EHFlarning aylanishi va ularni saqlash faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilgan yuridik shaxs maqomiga ega axborot vositachisi;

rouming operatori — EHFlarning markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishini ta’minlaydigan yuridik shaxs;

elektron hisobvaraq-faktura identifikatori — EHFni masofadan identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rouming operatorining axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda belgilanadigan EHFning o‘ziga xos raqami;