Get Mystery Box with random crypto!

2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida d | БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ

2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar:

asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirishi;

xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar belgilangan tartibda yo‘q qilinganda yoki hisobdan chiqarilganda uch ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirishi shart. (VM-595-son 22.09.2021)

“E-aktiv” AAT afzalliklari:

mahsulotlar kirimi va qoldig‘i hisobini onlayn yuritish va kuzatib borish;
tovarlar uchun yaratilgan bir yoki bir nechta elektron ombor yaratish;
tovarlarni masofadan turib elektron ravishda ombordan omborga olib o‘tish;
kirim qilinmagan tovarlarni sotish bo‘yicha EHF rasmiylashtirish holatlariga chek qo‘yish;
EHFlarda MXIKlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiq aks ettirish;
Elektron shartnomalarning yagona axborot portalida shartnomalarni majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsh.

“E-aktiv” AAT tarkibiy qismlari va ularning vazifalari:

“Mening omborlarim” xizmati elektron ombor yaratiladi, mavjud omborlar ro‘yxati va hisobi yuritiladi;
“Tovarlar kirimi” xizmati orqali tovar yoki mahsulotlarni kirim qilish mumkin;
“Bojxona” xizmatida bojxona yuk deklaratsiyalari orqali kirim qilingan tovarlar ro‘yxati avtomat shakllantiriladi;
“EHF” xizmati elektron hisobvaraq-faktura orqali kirim qilingan tovarlar ro‘yxati avtomat shakllantiriladi;
“Asosiy vositalar” xizmati orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar ro‘yxati hisobi yuritiladi;

Eslatib o‘tamiz Prezidentimizning 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga muvofiq hozirda davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashgan axborot tizimi 24 ta korporativ va 7 ta budjet buyurtmachisi ishtirokida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Tizim sinov davomida takomillashtirilib boriladi, bunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan asosli takliflar inobatga olinadi.

@buxgalteriya_hisobi