Get Mystery Box with random crypto!

Bir vaqtning o‘zida bir nechta axborot-tahliliy tizimlarni jor | 1C БУХГАЛТЕРИЯ

Bir vaqtning o‘zida bir nechta axborot-tahliliy tizimlarni joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, ularni joriy etish muddatlarining qisqaligi, shuningdek, tizimlardagi kamchiliklar sababli tadbirkorlik subyektlarida xavotir paydo bo‘lmoqda.

Barcha axborot-tahlil tizimlari maqsadli guruhlari va iqtisodiyot tarmoqlari (shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik) vakillari bilan birgalikda qayta ishlab chiqishni inobatga olgan holda bosqichma-bosqich ishga tushirilishini maʼlum qilamiz.

Xususan:

- “E-aktiv” tizimi: bugungi kunga kelib dastur modeli ishlab chiqilgan. Birinchi bosqichda u faqat kiruvchi va chiquvchi tovarlar oqimini hisobga olishga qaratiladi (EHF va BYUD asosida avtomatik ravishda).

- MXIK: o‘lchov birliklarini MXIKka biriktirish ham 2022-yil 10-yanvardan bozor ishtirokchilari bilan muhokama natijalaridan so‘ng tovarlar guruhi bo‘yicha bosqichma-bosqich boshlanadi (qo‘shimcha maʼlumotlar eʼlon qilinadi).

QQS guvohnomasi: bugungi kunda tizim test rejimida ishlamoqda va davlat organlarining boshqa axborot tizimlari bilan solishtirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, ushbu va boshqa axborot tizimlaridagi kamchiliklar, shuningdek takliflaringiz haqida ular ishlab chiqarilib, test rejimida ishga tushirilgandan so‘ng xabar berishingizni so‘raymiz.

Shuningdek quyidagilarni ma'lum qilamiz: - EHF shakllantirishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli noyabr oyi uchun EHF taqdim etish muddati 2021-yil 20-dekabrga qadar uzaytirildi; - amaldagi qonunchilikda tegishli MXIKlarning EHFda noto‘g‘ri aks ettirilganligi uchun javobgarlik nazarda tutilmagan. Bunda, sayyor soliq tekshiruvlari, MXIKlarga emas, balki avvalgidek EHFda ko‘rsatilgan tovarlarni o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda tahlil qilishga asoslanadi;
https://t.me/BUXGALTERIYA1CUZB