Get Mystery Box with random crypto!

Excel'dagi qaynoq klavishlar ro‘yxati #hotkeys / #excel Mic | BUXGALTER BOR | БУХГАЛТЕР БОР

Excel'dagi qaynoq klavishlar ro‘yxati
#hotkeys / #excel

Microsoft Excel'da ishlash jarayonini tezlashtirish uchun bir qancha tezkor klaviatura kombinatsiyalari mavjud. Bugun shular bilan tanishamiz.

CTRL + N – yangi ishchi kitob (Excel'da hujjatlarni kitob ham deyiladi) yaratish.

CTRL + O – mavjud kitobni ochish.

CTRL + S – faol kitobni saqlash.

F12 – "Сохранить как" oynasini chaqirish.

CTRL + W – faol kitobni yopish.

CTRL + HOME – ishchi varoqni boshiga (A1 katakga) qaytish.

CTRL + END – mavjud varoqni eng so'ngi to'ldirilgan kattakchasiga o'tish.

CTRL + SHIFT + стрелки ( ) – ma'lumotlarni strelka bo'yicha belgilash.

CTRL + A – hujjatdagi yoki oynadagi barcha elementlarni belgilash.

CTRL + SHIFT + L – jadvalga filtr o'rnatish.

CTRL + K – "Вставка гипперсылки" (havola qo'yish) oynasi.

CTRL + 1 – "Формат ячеек" (katakcha formati) oynasi.

CTRL + SHIFT + % – belgilangan diapazon uchun foizli formatni qo'llash.

ALT + ENTER – ayni katakda yangi satr (satrni ko'chirish).

SHIFT + (+)/(-) – ustun(lar) qo'shish / ustun(lar)ni o'chirish.

CTRL + (+)/(-) – satr(lar) qo'shish / satr(lar)ni o'chirish.

CTRL + E – tezkor to'ldirishni qo'llash.

CTRL + Q – "Быстрого анализа" oynasi (analiz qilinadigan (tekshiriladigan) diapazon belgilangan bo'lishi kerak).

CTRL + T(L) – "Создание таблицы" (jadval yaratish) oynasi.

CTRL + F/H – (Izlash)/(Almashtirish) oynasi.

ESC – oxirgi amalni bekor qilish.

@BUXGALTER_BOR