Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU #Ustozga_ehtirom Mustaqillik bayrami munosabati b | БухДУ РЕКТОРИ

#BuxDU #Ustozga_ehtirom

Mustaqillik bayrami munosabati bilan faxriy ustozlar holidan xabar olindi.

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan YANGI O'ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ shiori ostida universitetda uzoq yillar faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olish maqsadida #BuxDU rahbariyati va jamoasi mehnat faxriylari xonadonlarga tashrif uyishtirildi.
Universitet rektori Obidjon Xamidov, birinchi prorektor Azizbek Amonov, Agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani va kafedra mudirlari universitet mehnat faxriysi, dotsent hozirda 87 yoshda bo'lgan Xadjayev Orif Giyasovichning xonadonlariga tashrif qilib, faxriy ustoz bilan suhbatlashildi va holidan xabar olindi. Hayot yo'lidan saboq va duolari olindi.