Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Joriy yilning 18-19 may kunlari Buxoro | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Joriy yilning 18-19 may kunlari Buxoro shahrida "Ichki ishlar organlari faxriylari va yosh xodimlarining III Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi" o‘tkazildi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general -mayor A.Ikramov, IIV Faxriylar kengashi raisi, general-mayor E. Norgitov va IIV faxriylar kengashi a’zolari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining maslahatchilari, Faxriylar kengashlari a’zolari va yoshlar yetakchilari taklif etildi. Ushbu konferensiya mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan bir qator faxriylar "Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Ular qatorida #BuxDUda faoliyat yuritayotgan iste'fodagi podpolkovnik Boltayev Fatillo Fayzilloyevich ham ushbu nishon bilan mukofotlandi.

———————-
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube